Заказать услугу
Оставьте заявку и с Вами свяжется менеджер в ближайшее время
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
E-mail:*
это поле обязательно для заполнения
Ваш вопрос:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
UZ
UZ RU
Главная
/
Ма'lumot
/
Оchiq ma'lumotlar

Оchiq ma'lumotlar

 

Respublika agrokimyoviy tahlil markazining 2025 yil yakuniy 

HISOBOTI

Yuklash

            

I. Amalga oshirilgan ishlar

1. 2025 yilda reja 725,4 ming gektar bo‘lgani holda, amalda 9,6 mingdan ortiq yerdan foydalanuvchilarining 753,1 ming gektar yer maydonlarida tuproqning (fosfor, kaliy va gumus) konturlar kesimida agrokimyoviy xaritanomalari tayyorlanib, mineral o‘g‘itlarni ekin turidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirib kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab berildi va yillik reja 103,8 foizga bajarildi.

 

Markazning “uzagrolab.uz” elektron platformada yerdan foydalanuvchilarning 727,4 ming gektar  elektron agrokimyoviy xaritanomalar yaratildi.

Ma’lumot uchun: 2021-2025 yillar davomida 52,1 ming nafardan ortiq agroklaster va fermer xo‘jalklarining 2 mln. 845 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlariga agrokimyoviy xaritanomalar tayyorlab berildi, shundan 2 mln.337 ming gektar maydon ma’lumotlari “uzagrolab.uz” elektron platformasiga kiritilib, xaritanomalar raqamlashtirildi.

2. Markaziy va hududiy sinov laboratoriyalarida 1944 ta namunada, shundan 909 ta azotli, 314 ta fosforli, 84 ta kaliyli, 481 ta murakkab o‘g‘itlar, 62 ta mikroelementli o‘g‘itlar va 94 ta organik o‘g‘itlar tahlillardan o‘tkazilib, jami 26 ta namunada 68,6 tn. Standart talablariga javob bermaydigan mineral o‘g‘itlarning dalaga kiritilishining oldi olingan.

Ma’lumot uchun: Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va uning hududiy markazlari tomonidan 2022-2025 yillar davomida jami 6080 ta namunada mineral o‘g‘itlarning sifati tahlil qilingan.

Laboratoriya tahlillari natijasida 143 ta namunada mineral o‘g‘itlar sifat ko‘rsatkichlari GOST yoki TSH talablariga  muvofiq emasligi aniqlangan.  Natijada 1412 tonna o‘g‘itlarning dalaga kiritilishi oldi olingan.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024 yil 30 dekabrdagi PQ-465-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlar tuproqlarini agrokimyoviy tahlildan o‘tkazish hamda ekin turlariga mos ravishda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabni ishlab chiqish  bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Mazkur tartib asosida joylarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlari davlat inspektorlari bilan hamkorlikda tuproq namunalarini olish, hududiy markazlarning laboratoriyalarida tuproq namunalarini agrokimyoviy tahlillardan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

Natijada dala chetlari atrofidagi 29,9 ming gektar hamda kollektor-drenaj atrofidagi 10,0 ming gektar (100 foiz) maydonlarda tuproq namunalari agrokimyoviy tahlildan o‘tkazilib, fermer xo‘jaliklariga mineral o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar berildi.

4. Tuproq va o‘simlik mahsulotlarida toksikologik va radiologik tahlil bo‘yicha 166 ta nazorat nuqtalarida (2190 gektar) xlororganik pestitsidlar (DDT, DDE, GXSG), 130 ta signal dalalarida (1040 gektar) radionuklidlardan “Stronsiy-90” va “Seziy-137” qoldiq miqdorlari laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilib ularning zararli ta’sirlarini oldini olish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab berildi.

5. Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida markaziy sinov laboratoriyasi kimyoviy vositalar sifatini hamda tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi pestitsid qoldiqlarini aniqlash, radiologik va toksikologik tahlillarini o‘tkazish uchun 1,0 mln. AQSH dollari qiymatidagi jaxon standartlariga mos laboratoriya asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlandi.

Jumladan, ISP-MS-2030 LF Shimadzu, LCMS-8060 Shimadzu (VEJCh-MS-8060), GCMC-TQ 8050 NX 230V Shimadzu, GC-2010 Shimadzu (GX-2010), LC-40D XR Shimadzu (VEJX-40D) kabi yuqori aniqlikda ishlovchi zamonaviy uskunalar va ularning yordamchi qurilmalari keltirildi.

Ushbu jihozlar bilan qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pestitsidlar sifati va miqdor ko‘rsatkichlarini hamda tuproq va  yetishtirilgan mahsulotlar tarkibidagi qoldiq miqdorlarini yuqori aniqlikda tahlildan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birgalikda tarkibi noma’lum bo‘lgan modda tarkibini tekshirish, element analiz yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 70 dan ortiq turdagi makro va mikro elementlarni tahlil qiladi.

Hozirgi kunda ushbu jihozlar yordamida 300 dan oshiq pestitsidlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari tahlil qilish imkoniyati mavjud.

Markaziy sinov laboratoriyasi “ISO 17025-2019”  xalqaro standarti (tuproq va mineral o‘g‘itlarining tahlili qilish) bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tarkibini tashxis qilish yo‘nalishida akkreditatsiya sohasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

6. Dala sharoitida tuproq agrokimyoviy tahlillarini o‘tkazish uchun12 ta mobil laboratoriyalar ishga tushirildi.

Shuningdek, 22 dona FT-GT3 rusumli yuqori intellektual ko‘p funksiyali portativ mobil laboratoriyalar hududlarda fermer va aholi tomorqasi uchun xizmat ko‘rsatmoqda.

7. Hududiy markazlar tomonidan 690 ta MFYlardagi 35,4 ming nafar tomorqa egalarining 7,2 ming gektar ekin maydonlar o‘rganilib, tomorqa egalariga mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha tavsiya va takliflar berildi.

Ma’lumot uchun: 2024-2025 yillar davomida 1849 ta MFYlardagi  78,7 ming nafar tomorqa egalarining 14,1 ming gektar ekin maydonlar o‘rganilgan.

8. Ommaviy axborot vositalarida sohani keng targ‘ibot qilish uchun malakali mutaxassislar ishtirokida televideniyeda 45 ta ko‘rsatuvlar tashkil etildi hamda 17 ta radioeshittirishlar berildi, joylarda 353 marotaba seminarlar tashkil etildi.

II. 2026 yilda bajariladigan ustuvor vazifalar:

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 730,9 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari tuproqlarini agrokimyoviy tahlillardan o‘tkazish va agrokimyoviy xaritanomalar ishlab chiqish;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30-dekabrdagi "Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 465-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  dala cheti va kanal-kollektor atrofidagi yerlarni agrokimyoviy tahlillardan o‘tkazib, mineral o‘g‘it qo‘llash bo‘yicha tegishi tavsiyalarni berish;

- Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 5-avgustdagi “O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi”gi 481-sonli qarori ijrosini ta’minlash;

-Respublika agrokimyoviy tahlil markazining sinov laboratoriyasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi nitrat va pestitsidlar qoldiq miqdorlarini tahlil etish  xizmatini yo‘lga qo‘yish;

 -Aholi tomorqa yer egalariga xizmat ko‘rsatish xajmini oshirish;

-Respublika bo‘yicha jami 130 ta nazorat nuqtalari va 166 ta signal dalalarida radiologik va toksikologik kuzatuv ishlari olib borish hamda xulosalar asosida tuproq tarkibida zaharli moddalarni kamaytirish ishlari bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;

-Qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilayotgan mineral o‘g‘itlarni sifat tahlilini o‘tkazib borish;

-Sohani raqamlashtirish, “uzagrolab.uz” axborot tizimini one.id.uz tizimi bilan integratsiya qilish;

-Markaz faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda markazning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng targ‘ib qilish.

BIZ XАQIMIZDА
Наши постоянные заказчики ценят в нас честность, открытость, умение оперативно реагировать в той или иной ситуации. Риск и затраты окупаются с лихвой, если правильно, не сворачивая с пути, идти к намеченной цели. бизнесу
kontaktlar
Toshkent vil. Qibray tum. Bobur koʼch. 8-uy. 111215.
   Ozbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi O’simliklar karantini va himoyasi agentligi Respublika agrokimyoviy tahlil markazi
Murojat uchun
Toshkent vil. Qibray tum. Bobur koʼch. 8-uy. 111215.
  
Tuproq-yagona boylik manbayidir

Tuproq qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishining asosini tashkil etib, uning oziqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasi hosildorlikni belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Аризани тўлдиринг
ва бизнинг менеджер сиз билан боғланади
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
E-mail:*
это поле обязательно для заполнения
Ваш вопрос:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена