Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Respublika Agrokimyoviy tahlil markazining tashabbusi bilan aholi xonadonlaridagi tomorqalarda tuproqning unumdorlik holatini yaxshilash, tuproqning agrokimyoviy holatini tahlil qilish va uning mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini aniqlash maqsadida amaliy seminar tashkil qilindi.
Seminarda Jizzax viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatning mutasaddi tashkilotlari, tuman hokimligi va viloyatning mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda xonadon egalari jalb qilindi.
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida Tomorqa yer egalaridan tuproq namunalarini olish va xaritanomar ishlab chiqish bo’yicha viloyat seminari bo'lib o'tdi.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida tuman hokimligi, tuman qishloq xo’jaligi bo’limi, tuman fermer tomorqa yer egalari kengashi va boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida viloyat O’simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan hamkorlikda amaliy seminar o’tkazildi. Seminar davomida aholi tomorqalaridan tuproq namunalarini olish agrokimyoviy xaritanomalar ishlab berish ya’ni mineral o’g’itlarga bo’lgan talabni aniqlab berish bo’yicha ko’rgazmali seminar bo’lib unda mahallarda 50 dan ortiq tomorqa yer egalari jalb qilindi.
Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu mehnat yarmarkasida qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.
Respublika Agrokimyoviy tahlil markazining markaziy laboratoriyasini O'zDSt lSO/lEC 17025-2019 xalqaro standarti bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha O`simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda USAID TCA hamkorlikda xalqaro ekspert Dr.Upali Samarajeeva jalb qilinib, 3-11 aprel kunlari davomida akkreditatsiya talablari hamda akkreditatsiya hujjatlari to‘ldirish bo‘yicha markaz xodimlari malakasini oshirish maqsadida o‘quv-treninglar o‘tkazildi.
O`quv trening yakunida qatnashuvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Respublika Agrokimyoviy tahlil markazi barcha mo‘min-musulmonlarni Ramazon Hayiti bilan muborakbod etadi!
Respublika Agrokimyoviy tahlil markazida joriy yil 9-aprel kuni Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘lishi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yangi umidlar nishonasi, yaxshilik va ezgulik elchisi - Navro’zi olam muborak bo’lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Agriculture and Finance Consultants GmbH (AFC) bilan hamkorlikda Germaniya iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro mutaxassislar jalb qilinib, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi xodimlarini ISO 17025:2019 xalqaro standarti boyicha malakasini oshirish maqsadida 2024-yilning 8-12-yanvar kunlari “Training – accreditation ISO 17025 system of management- basic training” rejalashtirgan bolib, hozirda trening jarayonlari davom etmoqda.
#Konstitutsiya_kuni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaymiz.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 11/431/357, 1/560, 1/593-sonli xati bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan quyidagi,
19.01.2024-yilda, "O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyatprotsessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'RQ-899-son,
-1.02.2024-yilda, O'zbekiston Respublikasining "Pedagogning to'g'risida"gi O'RQ-901-son hamda
- 2.02.2024-yilda, O'zbekiston Respublikasining "Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida"gi O'RQ-903-son Qonunlari qabul qilinganligi munosabati bilan qonunlarning mazmun-mohiyati va axamiyati to'g'risida tushuntirish ishlarini amalga oshirildi.
"Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining
32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 195-son majlis bayonida 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Agrokimyoviy tahlil markazida ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.
Rossiya
Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi hamda Toshkent agrar universiteti professorlari
Respublika agrokimyoviy tahlil markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida markazning
asosiy faoliyati va hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar haqida mehmonlarga
ma’lumotlar berildi. Uzagrolab elektron platformasi ishlash jarayonlari ko‘rsatildi.
Tashrifning keyingi qismida laboratoriya xodimlari tomonidan mehmonlarga, markaz
laboratoriyasi va u yerdagi ish faoliyati batafsil ko‘rsatildi.
Amaliy-seminar mashg‘ulotlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi
“O‘zbekiston Respublikasi Karantini va o‘simliklarni himoya qilish agentligini tashkil
etish to‘g‘risida”gi PQ-5185-son qaroriga asosan Respublika agrokimyo tahlil markazi
va hududiy bo‘limlar tashkil etildi. Respublika agrokimyo stansiyasi negizida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyat tashkil etildi.
Respublika agrokimyoviy tahlil markaziga mamlakatimiz tuproq
sharoitini agrokimyoviy tahlildan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish
jarayonida qo‘llanilishi rejalashtirilgan barcha turdagi mineral, mikrobiologik
va organik o‘g‘itlar sifatini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Amaliy-seminar mashg‘ulotlari