Markazning asosiy vazifalari:
1) agrokimyoviy
tahlil sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bu boradagi qonunchilikni amalga
oshirilishini ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
2) agrokimyoviy
tahlillar bo‘yicha davlat tizimini rivojlantirish
va takomillashtirish, agrokimyoviy tahlil infratuzilmasini modernizatsiyalash
va texnik jihatdan yangilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va
uning iste’molchilariga quyidagi agrokimyoviy tahlil xizmatlarini ko‘rsatish:
tuproq
agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritanoma ishlab chiqish;
ekin turlari bo‘yicha mineral
o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabni ishlab berish;
qishloq xo‘jaligiga yetkazib
beriladigan barcha turdagi mineral o‘g‘itlarni standart talabiga javob berishi bo‘yicha
laboratoriya tahlil xulosasi berish;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari
tarkibidagi pestitsidlar, nitrat va og‘ir metall tuzlari qoldiq miqdoriga laboratoriya
tahlil xulosasi berish;
tuproq va qishloq xo‘jalik mahsulotlari
tarkibidagi radionuklidlar miqdoriga laboratoriya tahlil xulosasi berish.
3) davlat boshqaruvi organlari,
xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni,
shuningdek, barcha yerdan foydalanuvchilarni tuproq-o‘simlik-o‘g‘it tamoyili asosida
agrokimyoviy tahlillar ma’lumotlari bilan ta’minlash;
4) mineral o‘g‘itlar ilmiy
talabini shakllantirish va ularni qishloq xo‘jalik ekinlariga tabaqalashtirilgan
holda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda barcha turdagi mineral o‘g‘itlarning
sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va xulosalar berish;
5) qishloq xo‘jaligi ekinlariga
qo‘llaniladigan o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini tuproq va
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi qoldiq miqdorlarini toksikologik tahlillaridan
o‘tkazish va xulosalar berish;
6) nazorat va signal dalalarida
radiologik-toksikologik kuzatuv hamda tahlil ishlarini olib borish va xulosalar
berish;
7) tuproq, mineral o‘g‘it
hamda radiologik va toksikologik laboratoriya tahlillari bo‘yicha yangi uslubiy
qo‘llanmalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
8) laboratoriyalarni xalqaro
standart talablariga moslashtirish;
9) akkreditatsiyadan o‘tgan
laboratoriyalarda agrokimyoviy tahlillar olib borish;
10) tuproqning oziqa moddalari
bilan ta’minlangan darajasini monitoring qilish va oshirish, yangi turdagi mineral
o‘g‘itlarni qo‘llash tizimini ishlab chiqish
va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlaridagi agrokimyoviy tahlil
yo‘nalishlarini tadqiq etish sohalarida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini
o‘tkazish;
11) kadrlarni qayta tayyorlash
va ularni malakasini oshirishning samarali tizimini ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich
takomillashtirish, agrokimyoviy tahlil sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilish;
12) agrokimyoviy tahlil
sohasida ilg‘or texnologiyalarni takomillashtirish
va joriy etish, shuningdek, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy
davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
13) agrokimyoviy tahlil
faoliyatini keng targ‘ib qilish va aholi xabardorligini oshirish.
Markaz
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) agrokimyoviy tahlil sohasida
yagona davlat siyosatini yuritish, bu boradagi qonunchilik amalga oshirilishini
ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Agentlikka agrokimyoviy tahlil
sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritishga qaratilgan takliflarni, agrokimyoviy
tahlil to‘g‘risidagi hujjatlarni yanada takomillashtirishga doir normativ-huquqiy
hujjatlar va agrokimyoviy tahlil sohasiga oid davlat dasturlarining loyihalarini
ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
o‘z vakolati doirasida buyruqlar
chiqaradi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan yo‘riqnomalar
va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlash
uchun Agentlikka taqdim etadi;
respublika hududida agrokimyoviy
tahlil bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi bo‘yicha bilvosita davlat
nazoratini amalga oshiradi;
agrokimyoviy tahlil sohasidagi
xalqaro talablar va boshqa davlatlar bilan tuzilgan bitimlardan kelib chiqadigan
tadbirlar o‘tkazilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Markaz vakolatiga kiradigan
masalalar bo‘yicha faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi.
2) agrokimyoviy tahlillar
bo‘yicha davlat tizimini rivojlantirish
va takomillashtirish, agrokimyoviy tahlil infratuzilmasini modernizatsiyalash
va texnik jihatdan yangilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va
uning iste’molchilariga agrokimyoviy tahlil xizmatlarini ko‘rsatish sohasida:
agrokimyoviy tahlil sohasida
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Agentlikka takliflar kiritadi;
o‘z vakolatlari doirasida tuproq-o‘simlik-o‘g‘it
tamoyili asosida kuzatuvlar, agrokimyoviy tahlil ma’lumotlarini, shuningdek, tuproqning
oziqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish,
saqlash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish va tarqatish tizimini rivojlantirish
va modernizatsiya qilishni ta’minlaydi;
o‘z vakolati doirasida agrokimyoviy
tahlil faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqadi va Agentlikka kiritadi;
agrokimyoviy tahlil sohasidagi
davlat standartlari va texnik reglamentlarni ko‘rib chiqadi va takomillashtiradi;
agrokimyoviy tahlil sohasidagi
milliy va xorijiy standartlarni uyg‘unlashtiradi;
agrokimyoviy tahlil xizmatlari
ko‘rsatishda kuzatuv va tahlil ma’lumotlarini yig‘ish, ularga ishlov berish tizimini
ishlab chiqadi va takomillashtirib boradi;
sug‘oriladigan ekin yerlari tuproqlarning
agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritanomalar tayyorlaydi va ekin turlariga
mos ravishda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabni ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligiga yetkazib
beriladigan barcha turdagi mineral o‘g‘itlar sifatini (donadorligi, namligi va ta’sir
etuvchi moddasi) laboratoriya tahlillardan o‘tkazib boradi va tegishli xulosalar
beradi;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari
hosilidan dala sharoitida namuna olib, tarkibidagi pestitsidlar, nitrat va og‘ir
metall tuzlari qoldiq miqdoriga laboratoriya tahlil xulosasi beradi;
tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
tarkibidagi radionuklidlar (Stronsiy va seziy) miqdorini laboratoriya tahlillilaridan
o‘tkazadi va xulosalar beradi.
3) davlat boshqaruvi organlari,
xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni,
shuningdek, barcha yerdan foydalanuvchilarni tuproq-o‘simlik-o‘g‘it tamoyili asosida
agrokimyoviy tahlillar ma’lumotlari bilan ta’minlash sohasida:
qishloq xo‘jaligi sohasiga agrokimyoviy
xizmatlar ko‘rsatadi;
yerdan
foydalanuvchilarga muntazam ravishda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali
tuproqning agrokimyoviy holati va mineral o‘g‘itlardan ilmiy talab asosida tabaqalashtirilgan
holda foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi nitrat, pestitsidlar,
og‘ir metall tuzlarining ruxsat etilgan miqdorlari hamda ularga qo‘yiladigan halqaro
standart talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi;
tuproqning
agrokimyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar fondini, jumladan agrokimyoviy haritanomalarning
elektron bazasini shakllantiradi va yangilab boradi, arxiv fondiga kiritilgan arxiv
hujjatlarini doimiy saqlaydi.
4)
mineral o‘g‘itlar ilmiy talabini shakllantirish va ularni qishloq xo‘jaligi ekinlariga
tabaqalashtirilgan holda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda barcha
turdagi mineral o‘g‘itlarning sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va xulosalar
berish sohasida:
yerdan
foydalanuvchilarga xar bir kontur kesimida ekin turiga mos ravishda mineral o‘g‘itlarga
bo‘lgan ilmiy talabni ishlab chiqadi va tuman, viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
kesimida shakllantiradi;
mineral
o‘g‘itlardan tuproqning agrokimyoviy holatiga mos ravishda tabaqalashtirilgan holda
foydalanishning optimal muddatlari va miqdorlari bo‘yicha barcha qishloq xo‘jaligi
korxonalari va aholi tomorqalari uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;
qishloq
xo‘jaligiga yetkazib beriladigan mahalliy va import qilinayotgan barcha turdagi
mineral o‘g‘itlar sifatini doimiy tahlil qiladi, sifat ko‘rsatkichlari talabiga
javob bermaydigan o‘g‘itlarni foydalanishdan chiqarish yuzasidan Agentlikka axborot
kiritadi.
5)
qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llaniladigan o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy
vositalarini tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi qoldiq miqdorlarini
toksikologik tahlillaridan o‘tkazish va xulosalar berish sohasida:
qishloq
xo‘jaligi ekinlariga qo‘llanilgan azotli o‘g‘itlar ta’sirida yetishtirilgan mahsulot
tarkibida shakllanadigan nitrat miqdorini laboratoriya tahlillaridan o‘tkazadi va
tegishli hulosalar beradi;
qishloq
xo‘jaligi ekinlariga qo‘llanilgan kimyoviy vositalar ta’sirida mahsulot tarkibidagi
pestitsidlar va og‘ir metall tuzlari qoldiq miqdorlarini laboratoriya tahillaridan
o‘tkazadi hamda iste’molga, qayta ishlashga va eksportga chiqarish bo‘yicha tegishli
hulosalar beradi;
organik
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan dalalar uchun tuproqdagi pestitsidlar
va og‘ir metall tuzlari bilan iflosalanish darajasini tahlil qiladi va hulosalar
beradi.
6)
nazorat va signal dalalarida radiologik-toksikologik kuzatuv hamda nazorat ishlarini
olib borishni tashkil qilish va xulosalar berish sohasida:
kuzatuv
nazorat maydonlarida tuproq va qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibidagi “Stronsiy-90”
va “Seziy-137” sun’iy radionuklidlari qoldiqlari bo‘yicha kuzatuv ishlarini olib
boradi;
statsionar
signal dalalarda tuproq va o‘simlik mahsulotlarida turg‘unlik darajasi yuqori bo‘lgan
xlororganik pestitsid (DDT, DDE, GXSG) qoldiqlariga toksikologik kuzatuv ishlarini
bajaradi;
nazorat
va signal dalalarida tuproq va o‘simliklarda aniqlangan zararlanish holatlarini
kamaytirish hamda bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqadi.
7)
tuproqning oziqa moddalari bilan ta’minlangan darajasini monitoring qilish va oshirish,
yangi turdagi mineral o‘g‘itlarni qo‘llash tizimini ishlab chiqish va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlaridagi agrokimyoviy tahlil yo‘nalishlarini tadqiq
etish sohalarida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish sohasida:
tuproqlarning
agrokimyoviy holatini uchuvchisiz qurilmalar orqali spektral tahlillari o‘tkazishdagi
xorijiy tajribalarini o‘rganadi, samarali deb topilgan usullarni mahalliy sharoitda
qo‘llash ustida izlanishlar olib boradi;
qishloq
xo‘jaligi ekinlarining yangi rayonlashgan navlarining tuproqdan olib chiqib ketadigan
oziqa moddalari miqdorlarini o‘rganish va o‘rnini qoplash me’yorlarini tadqiq etishda
ishtirok etadi;
ekinlar
yetishtirishdagi intensiv texnologiyalar, jumladan tomchilab sug‘orishda mineral
o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning kompleks tizimini ishlab chiqishda ilmiy tadqiqotlarda
ishtirok etadi;
murakkab
turdagi mineral o‘g‘itlardan foydalanish uslubini ishlab chiqadi, bunda mineral
o‘g‘itlar tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarni o‘simlik va tuproq talabidan kelib
chiqqan holda tabaqalashtirish ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi;
zamonaviy
texnologiyalarga asoslanib agrokimyoviy tahlil fanini rivojlantirish bo‘yicha takliflar
ishlab chiqadi.
8)
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishning samarali
tizimini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirish, agrokimyoviy tahlil
sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish sohasida:
agrokimyoviy
tahlil sohasi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik
qiladi;
agrokimyoviy
tahlil sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
ilg‘or
texnologiyalar, malakaviy va kasbiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablarni e’tiborga
olgan holda kadrlarni tanlash mexanizmi va ish jarayonini tashkil etishni takomillashtiradi;
agrokimyoviy
tahlil va raqamli agrokimyo texnologiyalari sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish
bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;
agrokimyoviy
tahlil sohasi axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarini raqamli iqtisodiyotga
integratsiyalashni, davlat organlari bilan samarali axborot hamkorligini tashkil
etadi;
agrokimyoviy
tahlil tizimida kuzatuvlarni real vaqt rejimida amalga oshirish bo‘yicha «aqlli»
operativ monitoring tizimlarini joriy etadi.
9)
agrokimyoviy tahlil sohasida ilg‘or texnologiyalarni takomillashtirish
va joriy etish, shuningdek, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy
davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
agrokimyo
sohasida yuqori natijalarga erishgan xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan
hamkorlik qilish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar tuzadi, ularning faoliyatini o‘rganish
asosida zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikamizda joriy etish
bo‘yicha xorijiy ekspertlarni jalb qilish choralarini ko‘radi;
xalqaro
faoliyatda ishtirok etish, shu jumladan, Xalqaro tuproqshunoslik ittifoqi
(IUSS) a’zoligiga kirish choralarini ko‘radi va jahon kongresslarida ishtirok etishni
ta’minlaydi va tegishli majburiyatlarni bajaradi;
agrokimyoviy
tahlil sohasidagi xorijiy turdosh muassasalar bilan tajriba almashadi;
Markaz
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
10)
agrokimyoviy tahlil faoliyatini keng targ‘ib qilish va aholi xabardorligini oshirish
sohasida:
agrokimyoviy
tahlil ma’lumotlari va ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan xizmatlar ro‘yxatini
o‘z rasmiy veb-saytiga, shuningdek, boshqa ochiq ma’lumotlar portallariga joylashtirib
boradi;
ommaviy
axborot vositalari, yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar xodimlari, agrokimyoviy
tahlil sohasidagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda uchrashuvlar,
davra suhbatlari, ekspertlik va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etadi.