Respublika
Agrokimyo tahlil markazi va uning xududiy filiallarida Agroekologiya bo‘limi tomonidan
radiologik kuzatuv ishlarini olib borish tartibi
1. Nazorat dalalarida kuzatuv o’tkazish uchun tayyorgarlik ishlari:
Belgilangan nazorat uchastkalarida kuzatuv ishlari olib boriladigan xududlarni aniqlash (tuman qishloq xo’jaligi boshqarmalari bilan birgalikda);
Aniqlangan xududlarda kuzatuv ishlarini olib borish uchun yo‘l marshrutlarini chizish;
Namunalar olish uchun kerakli ish yuritish buyumlari (kanstovarlar) va asbob-anjomlarni tayyorlash (belkuraklar, 4 ta yogoch qoziqlar, 20 m li ulchov lentasi, klyonka (1.5x1.5m), namuna olish uchun xaltalar (klyonkali yoki qalin matodan tikilgan), ruchka, yorliqlar, dala qayd qilish jurnali, namuna olish dalolatnomalari, tarozi)
Namunalarni tahlildan o‘tkazish uchun kerakli kimyoviy reaktivlar, standart namunalar, laborator posudalar ro’yxatini tuzish va xarid qilish.
2. Namuna olish tartibi:
(“Nazorat maydonlarini ajratish va shu dalalarda radiologik tekshiruvlar o‘tkazish to’grisida”gi SINAOning O‘rta Osiyo filiali tomonidan tayyorlangan tavsiyanomasi (Toshkent 2004-yil) asosida tuproq namunalari olinadi).
Namunalar yilning ikki mavsumida bahorda ekin ishlari boshlanmasdan oldin va ko‘zda ekinlar to‘liq pishib yetilgandan so‘ng olinadi. O‘simlik namunalari o'sha joydan tuproq bilan birga olinadi. (o‘simliklarda radioizotoplarning to‘planish koeffitsenti aniqlanadi).
Tuproq namunalari belgilangan nazorat dalalaridan 100x100 m maydondan 5 ta joyidan tuproq namunalar olinib, ulardan bitta yig‘ma tuproq namunasi olinadi (umumiy og‘irligi ~2 kg atrofida). Tuproq 0-30 sm va 30-50 sm qatlamlardan olinadi. Namunalar diagonal yeki konvert usulida olinadi.
Olingan namunalar qoplarga joylanadi, raqamlanadi va dala jurnaliga qayd qilinadi.
O‘simliklardan namuna kuz paytida to‘liq pishib yetilgan davrda tuproq bilan birga olinadi. O‘simlik turiga qarab barcha o‘simlik yoki diagonal bo‘ylab teng bir qismi olinadi, ya’ni 100x100 m maydondan o‘rtacha 2-3 kg atrofida namunalar olinadi.
3. Keltirilgan namunalarni tahlilga tayyorlash:
Namunalar qog‘ozga yeyilib katta bo’laklari maydalanadi, tuproqdagi turli aralashmalardan - o‘simlik ildizlari va boshqalardan tozalanadi. Qog‘ozga belgi quyiladi va quruq xavo xolatiga kelguncha salqin soya joyda quritiladi. So‘ng havonchada maydalanib 1.0mmli elaklardan o‘tkaziladi va yorliqli xaltalarga solinadi. O‘simlik namunali xam salqin joyda quritilib melnitsada maydalanadi.
4. Tahlil o‘tkazish tartibi.
GOST R 54038-2010 Pochvы. Metodika opredeleniya Cs-137 (seziy-137) v pochvax selxozugodiy va Metodika izmereniya aktivnosti radionuklidov na ssintillyatsionnom gamma-spektrometre. GP VNIIFTRI. 1996 g.
GOST R 54041-2010 Pochvы. Metod opredeleniya Sr-90 (stronsiy-90). Metodika izmereniya aktivnosti radionuklidov na ssintillyatsionnom gamma-spektrometre. GP VNIIFTRI. 1996 g., Metodicheskie ukazaniya po opredeleniyu soderjaniya stronsiya-90 v pochvax i rasteniyax radioximicheskim metodom. Ministerstvo selskogo xozyaystva RF SINAO, Utv. 09.02.1995
5. Tahlil o‘tkazish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalari.
6. Radiometrik uslubda olingan xulosalar qayd qilish jurnaliga kiritiladi. Xar bir namunada ikkita parallel tahlil ishlari olib boriladi. Olingan ko‘rsatgichlar SanPiN RUz 0366-19 “Gigienicheskie trebovaniya k bezopasnosti piщevoy produksii” (Toshkent, 2019y). 120-II-sonli 2000-yil 31-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining Radiyatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida qonun.
Ozbekiston Respublikasi Qishloq
xo’jaligi vazirligi
O’simliklar karantini va himoyasi
agentligi
Respublika agrokimyoviy
tahlil markazi