O‘simliklarni bargidan oziqlantirishda makro va
mikro
(murakkab kompleks) o‘g‘itlarning ahamiyati
Paxta va g‘alla yetishtirish agrotexnik tadbirlaridan
biri hisoblangan, bargidan (suspenziya) oziqlantirish ishlarida asosan suyuq holdagi
biostimulyatorlar keng qo‘llanilishi, yuqori hosil olinishida zamin yaratmoqda.
Boshoqli don maydonlarida yangi turdagi murakkab mineral o‘g‘itlarning
samaradorligini ilmiy asoslangan holda o‘rganish uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar
vakillari, “Agrokimyo stansiyasi” MChJ mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari
hamda soha olimlarini jalb etgan holda Respublikaning iqlim sharoiti turlicha bo‘lgan
4 ta, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlarida
(dala sharoitida sinovlar) ilmiy-amaliy sinov ishlari olib borilmoqda.
Tajribalarning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchi
tomonidan sinovdan o‘tkaziladigan yangi turdagi murakkab mineral o‘g‘itlar reestrini
shakllantirish, Biologik samaradorligi bo‘yicha o‘tkaziladigan murakkab turdagi
mineral o‘g‘itlarni sinovi uchun tanlangan xudud tuproqlarining agrokimyoviy holatidan
kelib chiqqan holda sinov o‘tkazish metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish, tajriba
olib boriladigan yangi murakkab turdagi mineral o‘g‘itlarni g‘allani rivojlanish
fazasi davomida me’yorlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ishchi dastur asosida qo‘llab
borish, Ilmiy tajribalar davomida mutaxassislar va g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar
ishtirokida trening - seminarlar o‘tkazish, sinovlar yakuni bilan ilmiy hisobotlar,
ilmiy xulosalar hamda tavsiyanomalar tayyorlashdan iborat
O‘simlikning vegetatsiya davri davomida yaxshi
rivojlanishini ta’minlash uchun yetarli miqdorda makro va mikro elementlar bo‘lishi
lozim.
Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlardan tashqari boshoqli
don ekinlariga oltingugurt (S), kalsiy (Ca) va magniy (Mg), rux (Zn), mis (Cu),
marganes (Mn), molibden (Mo), Bor (B) kabi elementlar zarur.
Oltingugurtsiz azot to‘liq o‘zlashtirilmaydi, kalsiy va magniyning
yetishmasligi natijasida ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmaydi, mikroelementlarsiz
o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi pasayadi.
Bug‘doy yetishtirishda qo‘llaniladigan barcha o‘g‘itlar
xar doim xam birgalikda qo‘llanilganda yaxshi o‘zlashtirilmaydi.
Misol uchun fosforni tuproqda me’yordan ortiq bo‘lishi, tuproqda temir, rux
va misning yetishmasligiga olib keladi yoki kaliyga boy bo‘lgan tuproqda o‘simlik
magniyni qiyin o‘zlashtiradi. bug‘doyni makro va mikro o‘g‘itlar bilan barg orqali
oziqlantirish yuqorida aytib o‘tilgan xolatlarda ozuqa moddalar yetishmovchiligini
bartaraf etadi.