O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 15 iyulidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-5185-sonli qarori bilan Respublika agrokimyoviy tahlil markazi tashkil etildi.Respublika agrokimyoviy tahlil markaziga mamlakatimiz tuproq sharoitini agrokimyoviy tahlil qilish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish jarayonida ishlatilishi rejalatirilayotgan barcha turdagi mineral va mikrobiologik hamda organik o‘g‘itlar sifatini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy bo‘linmalar laboratoriyalari mahalliy va xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy uskunalar bilan ta’minlandi, laboratoriya xodimlari ishga qabul qilindi.
Bugungi kunda laboratoriya xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan o‘qitish dasturi asosida amaliy-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.