Paxta va g‘alla yetishtirish agrotexnik tadbirlaridan biri hisoblangan, bargidan (suspenziya) oziqlantirish ishlarida asosan suyuq holdagi biostimulyatorlar keng qo‘llanilishi, yuqori hosil olinishida zamin yaratmoqda.
Boshoqli don maydonlarida yangi turdagi murakkab mineral o‘g‘itlarning samaradorligini ilmiy asoslangan holda o‘rganish uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari, “Agrokimyo stansiyasi” MChJ mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha olimlarini jalb etgan holda Respublikaning iqlim sharoiti turlicha bo‘lgan 4 ta, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlarida (dala sharoitida sinovlar) ilmiy-amaliy sinov ishlari olib borilmoqda.
Tajribalarning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchi tomonidan sinovdan o‘tkaziladigan yangi turdagi murakkab mineral o‘g‘itlar reestrini shakllantirish, Biologik samaradorligi bo‘yicha o‘tkaziladigan murakkab turdagi mineral o‘g‘itlarni sinovi uchun tanlangan xudud tuproqlarining agrokimyoviy holatidan kelib chiqqan holda sinov o‘tkazish metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish, tajriba olib boriladigan yangi murakkab turdagi mineral o‘g‘itlarni g‘allani rivojlanish fazasi davomida me’yorlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ishchi dastur asosida qo‘llab borish, Ilmiy tajribalar davomida mutaxassislar va g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar ishtirokida trening - seminarlar o‘tkazish, sinovlar yakuni bilan ilmiy hisobotlar, ilmiy xulosalar hamda tavsiyanomalar tayyorlashdan iborat
O‘simlikning vegetatsiya davri davomida yaxshi rivojlanishini ta’minlash uchun yetarli miqdorda makro va mikro elementlar bo‘lishi lozim.
Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlardan tashqari boshoqli don ekinlariga oltingugurt (S), kalsiy (Ca) va magniy (Mg), rux (Zn), mis (Cu), marganes (Mn), molibden (Mo), Bor (B) kabi elementlar zarur
Oltingugurtsiz azot to‘liq o‘zlashtirilmaydi, kalsiy va magniyning yetishmasligi natijasida ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmaydi, mikroelementlarsiz o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi pasayadi.
Bug‘doy yetishtirishda qo‘llaniladigan barcha o‘g‘itlar xar doim xam birgalikda qo‘llanilganda yaxshi o‘zlashtirilmaydi.
Misol uchun fosforni tuproqda me’yordan ortiq bo‘lishi, tuproqda temir, rux va misning yetishmasligiga olib keladi yoki kaliyga boy bo‘lgan tuproqda o‘simlik magniyni qiyin o‘zlashtiradi. bug‘doyni makro va mikro o‘g‘itlar bilan barg orqali oziqlantirish yuqorida aytib o‘tilgan xolatlarda ozuqa moddalar yetishmovchiligini bartaraf etadi.