Respublika agrokimyoviy tahlil markazida “Men kasbimga befarq emasman — soha rivojiga mening hissam” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Markaz mutaxassislari ishtirokchilarga markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, agrokimyoviy tahlillar jarayoni, zamonaviy texnologiyalar va laboratoriya uskunalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar, amaliyot va ish tajribasini oshirish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir talabalarda kasbga muhabbat, mas’uliyat va sohaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni o‘z bilim va salohiyatini yurt ravnaqi yo‘lida qo‘llashga undash maqsadida tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar orasida kasbiy vatanparvarlik, mehnatsevarlik va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ozbekiston Respublikasi Qishloq
xo’jaligi vazirligi
O’simliklar karantini va himoyasi
agentligi
Respublika agrokimyoviy
tahlil markazi