Заказать услугу
Оставьте заявку и с Вами свяжется менеджер в ближайшее время
Скрытое поле:
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
E-mail:*
это поле обязательно для заполнения
Ваш вопрос:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
UZ
UZ RU
Главная
/
Laboratoriyalar
/
Mineral o'g'it tahlili laboratoriyasi

Mineral o'g'it tahlili laboratoriyasi

Mineral o‘g‘itlar sifatiga tahlil ishlarini bajarish uchun namunalar olish tartibi

1. Partiya - bu bir vaqtning o‘zida mineral o‘g‘itlardan foydalanuvchilarga yetkazib berilishi yoki bir vaqtning o‘zida zahiraga olinishi mo‘ljallangan, sifati bo‘yicha yagona hujjat (sertifikat) bilan rasmiylashtirilgan mineral o‘g‘it miqdori (60-5000tn) tushuniladi.

 2. Mineral o‘g‘itlardan namuna olish GOST 21560.0-82 yoki  o‘g‘it turlari bo‘yicha TSh (texnik shartlari) asosida amalga oshiriladi.

3. Qoplanmagan mineral o‘g‘itlarning 60-100 tonnagacha bo‘lgan miqdoridan 5-10 tonnasidan bir nuqtali namuna, 100-200 tonnagacha bo‘lganda har 10 tonnadan bir nuqtali namuna, 200 tonnadan ortiq bo‘lgan o‘g‘itlarning har 20 tonnasidan bir nuqtali namunalar olinadi.

Nuqtali namunalarning og‘irligi 0,5 kg dan kam bo‘lmasligi kerak.

Vagonlardan esa shup yoki ingichka kuraklar yordamida 8-10 yeridan nuqtali namunalar olinadi.

4. Qoplangan mineral o‘g‘itlardan namunalar olish partiyasidagi qoplangan o‘g‘itlar soniga asosan amalga oshiriladi.

Qoplangan o‘g‘itlarning soni 10 qop bo‘lganda nuqtali namunalar har ikkinchi qopdan, 10 qopdan 100 qopgacha bo‘lganda 5 qopdan ketma-ket hamda partiyadagi qolgan qopli mineral o‘g‘itlarning 5 foiz qismidan, 100 qopdan ortiq bo‘lgan mineral o‘g‘itlarning 10 qopidan ketma-ket va partiyadagi qolgan qopli mineral o‘g‘itlar 5 foiz qismidan namunalar olinadi.

5. Bir partiyadagi mineral o‘g‘itlardan olingan namunalar aralashtirilib, polietilen qog‘ozida yoyiladi va katakchalarga bo‘linib har bir katakchalardan olingan  o‘g‘itlardan bitta aralash namuna tayyorlanadi. Bir partiyadan olingan aralash namuna og‘irligi 2 kg dan kam bo‘lmasligi lozim. 

 

Mineral o‘g‘itlar sifatini laboratoriyada  tahlil qilish tartibi

 

1. Labatoriyada namunalar GOST 23954-80 bo‘yicha ro‘yhatga olinadi.

2. Mineral o‘g‘itlardan namunalar tarozida o‘lchab olinib, namligini GOST 20851.4-75  bo‘yicha aniqlanadi.

3. Mineral o‘g‘itlar donadorligi GOST 21560.1-82 bo‘yicha tahlildan o‘tkaziladi.

4. Mineral o‘g‘itlardan o‘rtacha namuna olish va tahlil o‘tkazishga tayyorlash GOST 21560.0-82 bo‘yicha amalga oshiriladi.

5. Mineral o‘g‘it tarkibidagi ozuqa moddalar, jumladan, azot miqdori GOST 20851.1-75  bo‘yicha, fosfor miqdori GOST 20851.2-75 bo‘yicha va kaliy miqdori GOST 20851.3-93 bo‘yicha laboratoriya tahlilaridan o‘tkaziladi.

6. Respublika Agrokimyoviy tahlil markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari mineral o‘g‘itlar tahlili natijasi asosida tegishli “Xulosa” larni tasdiqlab taqdim etadi.

 

BIZ XАQIMIZDА
Наши постоянные заказчики ценят в нас честность, открытость, умение оперативно реагировать в той или иной ситуации. Риск и затраты окупаются с лихвой, если правильно, не сворачивая с пути, идти к намеченной цели. бизнесу
kontaktlar
Toshkent vil. Qibray tum. Bobur koʼch. 8-uy. 111215.
   Ozbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi O’simliklar karantini va himoyasi agentligi Respublika agrokimyoviy tahlil markazi
Murojat uchun
Toshkent vil. Qibray tum. Bobur koʼch. 8-uy. 111215.
  
Tuproq-yagona boylik manbayidir

Tuproq qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishining asosini tashkil etib, uning oziqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasi hosildorlikni belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Аризани тўлдиринг
ва бизнинг менеджер сиз билан боғланади
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
E-mail:*
это поле обязательно для заполнения
Ваш вопрос:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена